Huawei 1
O‘zbekistonda inflyatsiya 8 yil ichidagi eng past darajaga tushdi

O'zbekistonda 2017-yilda yillik inflyatsiya 14,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil fevralda bu ko‘rsatkich 8,3 foizgacha pastladi. Bu haqda Statistika agentligi tayyorlagan isteʼmol narxlari indeksida maʼlum qilindi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda fevraldagi oylik inflyatsiya 0,3 foizni, yillik inflyatsiya 8,35 foizni tashkil etgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining oylik inflyatsiyasi 0,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlarniki ham 0,2 foizga, xizmatlarniki 0,7 foizga o‘sgan.

Yillik hisobda oziq-ovqat mahsulotlari 2023-yilning fevral oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 7,4 foizga o‘sgan. Xizmatlar inflyatsiyasi tezlashishda davom etib, fevralda yillik 9,1 foizni tashkil etgan. Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 8,9 foiz bo‘lgan.

So‘nggi 7 yilda O‘zbekistonda (fevral oyida) kuzatilgan yillik inflyatsiya ko‘rsatkichlari:

2017-yilda — 14,4 foiz;

2018-yilda — 14,3 foiz;

2019-yilda — 13,5 foiz;

2020-yilda — 13,5 foiz;

2021-yilda — 11,4 foiz;

2022-yilda — 9,7 foiz;

2023-yilda — 12,2 foiz.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120613 | Инструменты