Huawei 1
Minimal isteʼmol xarajatlari qiymati oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qaroriga asosan Statistika agentligi tomonidan 2024- yil 1- mayga qadar yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini qayta koʻrib chiqish va eʼlon qilish belgilangan.

Shunga asosan, Statistika agentligi tomonidan “Aholining minimal isteʼmol xarajatlari qiymati va kambagʻallik chegarasini hisoblash tartibi toʻgʻrisida nizom”ga asosan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati qayta hisoblandi.

2024-yil may oyidan hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming soʻmni tashkil etdi. (2024-yil yanvarda eʼlon qilingan qiymat 621 ming soʻmni tashkil etgan).

Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan boʻlib, mazkur koʻrsatkichdan:

— davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy koʻmaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;

— kambagʻallikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;

— pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga