Huawei 2
Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda elektrotexnika sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Erwan Technology Sdn. Bhd." ijrochi direktori Li Yeouv Lung bilan uchrashuv o'tkazdi

Suhbat davomida O'zbekistonda mis xom-ashyosini qayta ishlash, mamlakat energetika tizimini modernizatsiya qilish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar hamda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari ta'kidlab o'tildi. Respublikada xorijiy investorlarga berilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi. 

Tomonlar O'zbekistonda misni qayta ishlash uchun mavjud xom ashyo bazasi, transformatorlar, kichik turdagi maishiy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha mamlakatimiz hududlarida qo'shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida mazkur yo'nalishlarda aniq loyihalarni ishlab chiqish maqsadida Malayziya kompaniyasi vakillarining O'zbekistonga safarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

1993 yilda tashkil etilgan "Erwan Technology Sdn. Bhd." kompaniyasi "ERWAN" investitsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Xolding muhandislik, mineral resurslar va qimmatbaho metallarni qazib olish va sotish, neft va gaz, elektrotexnika mahsulotlari, tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish kabi 40 dan ortiq sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni birlashtiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga