Hindiston O‘zbekistonda elektromobil akkumulyatorlari ishlab chiqarishi mumkin

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya Hindistonning Karnataka shtatida amaliy tashrif bilan bo'ldi. Unda Bangalor shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralari va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida biznes-forum uyushtirildi. 

Forumda MAM Minerals kompaniyasi bilan hamkorlikda Peshku tumanida grafitni qayta ishlash va yuqori qiymatli, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (elektromobil akkumulyatorlari) ishlab chiqarish loyihasini hayotga tatbiq etish masalalari o‘rganildi. 

Hind kompaniyasining yaqin istiqbolda Buxoro viloyatidagi grafit konida tadqiqotlar olib borish uchun ishchi guruh yuborishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Online Instruments kompaniyasi bilan Buxoro viloyati hududida zamonaviy axborot displeylari ishlab chiqarish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Viloyatdagi maktablar va turli idoralarni mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan ana shu turdagi zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash bo‘yicha hamfikrlik bildirildi. 

Dunyoning eng yirik dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilaridan biri sanalgan IBM kompaniyasining Karnataka shtatidagi bo‘linmasi bilan Qorako‘l tumanida tashkil etilayotgan Acharya-IT klasterida yoshlarni IBM sertifikati asosida o‘qitish, klaster negizida IBM kompaniyasining ofisi va laboratoriyasini tashkil qilishga kelishib olindi.

Delegatsiya safari doirasida Hindiston tadbirkorlari bilan Buxoro viloyatida turli sohalardagi loyihalarga qaratilgan 15 ta anglashuv memorandumi imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты