Huawei 1
Faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 7,6 % ga oshgan

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning 1 may holatiga 16 007 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ulardan 4 043 tasi qo‘shma va 11 964 tasi xorijiy korxonalardir.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 7,6 % ga oshgan.

Ulardan eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar quyidagilar:

Xitoy – 3 880 ta

Rossiya – 3 051 ta

Turkiya – 1 964 ta

Qozog‘iston – 1 114 ta

Afg‘oniston – 677 ta

Janubiy Koreya – 665 ta

BAA – 352 ta

Hindiston – 320 ta

AQSH – 314 ta. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60715 | Инструменты