Huawei 1
Eron kompaniyasi O'zbekistonda tibbiy va diagnostika asbob-uskunalari hamda jihozlarini ishlab chiqarish bo'yicha loyihada qatnashishi mumkin

O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning "Pooyandegan Rah Saadat" kompaniyasida bo'ldi va boshqaruvi kengashi raisi Reza Yaqubzodeh bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Eron tomoniga O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida turli sohalarda, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va tibbiyot sohalari hamda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Reza Yaqubzodeh o'z navbatida, tibbiy va diagnostika asbob-uskunalari hamda jihozlarni ishlab chiqarishda O'zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

O'zbekiston diplomatlari korxonaga tashrif davomida tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar va buyumlar ishlab chiqarish quvvatlarini ko'zdan kechirishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga