Huawei 2
Avtomobillar uchun audio-radio qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbariyati va Turkiyaning “DAIICHI Electronic” kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Doruk Kara boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobillar uchun magnitofon va boshqa multimedia butlovchi qismlarini ishlab chiqarish masalalarini muhokama qildi.  Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston elektrotexnika sanoati va “DAIICHI Electronic” kompaniyasi faoliyati haqida taqdimotlar o‘tkazildi.  

Taʼkidlanganidek, bosh ofisi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “DAIICHI Electronic” kompaniyasi dunyo avtomobilsozlik sanoatiga elektronika tizimlari yetkazib beruvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi.  

Tadbirda O‘zbekistonda rivojlanib borayotgan avtomobilsozlik sanoati uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish istiqbolli loyihalardan biri ekani taʼkidlandi.  

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi  axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv yakunida tomonlar respublikada “DAIICHI” brendi ostida avtomobillar uchun audio-radio qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘rganishlarni davom ettirishga kelishib oldi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga