Huawei 2
Toshkentdagi festivalda film namoyishi to‘xtatilganiga rasmiy izoh berildi

Toshkentda o‘tayotgan hujjatli filmlar festivalida taqdim etilgan film namoyishi to‘xtatilganiga oid xabarlar tarqaldi. Unda festivalda Ukrainadagi urush haqida Rossiya manfaatlariga zid film namoyishi huquq-tartibot organlari tomonidan to‘xtalgani aytiladi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, quyidagilar maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 14 iyulda qabul qilingan O‘zbekistonning "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonunining 1-ilovasiga ko‘ra, mamlakat hududida filmni ommaviy namoyish etish ruxsatnoma olish talab qilinadigan faoliyat turi hisoblanadi. Mazkur qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinnng 2022 yil 2 fevraldagi "Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida"gi 86-sonli qaroriga asosan Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi filmni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnoma berishga vakolatli organ etib belgilangan.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, respublika hududida mahalliy va xorijiy filmlarni namoyish etish uchun xususiy tadbirkorlar tomonidan Kinematografiya agentligiga ariza bilan murojaat etadi hamda agentlik tomonidan ushbu murojaat 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Shu bilan birga, filmni ommaviy namoyish etishda bir qator talab va shartlarga qatʼiy rioya etilishi belgilangan. Mazkur talab va shartlarga amal qilinmasligi filmni ommaviy namoyish etish uchun berilgan ruxsatnomaning bekor bo‘lishiga olib kelishi ko‘zda tutilgan.

«Bundan tashqari, yuqoridagi hujjatlarda O‘zbekiston hududida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun Ichki ishlar vazirligidan ruxsatnoma olishi shart ekani belgilangan. 2–8 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Artdocfest/Asia” festivali deb nomlangan ommaviy tadbirni o‘tkazish uchun tashkilotchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ruxsatnoma olishmagan.

Huquni muhofaza qiluvchi idoralarning rasmiy ravishda ogohlantirishlariga qaramay ommaviy tadbir va filmlar namoyishini tashkil etib, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir qilishgan.

Shu o‘rinda ommaviy tadbirlar, jumladan, festivallar va ularda filmlar namoyishini to‘xtatish Madaniyat vazirligining vakolatiga kirmasligini bildiramiz», deyiladi vazirlik munosabatida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga