Toshkentda “O‘zbekiston amaliy sanʼat ustalarining madaniy merosi” nomli auksion o'tkaziladi

“ART VERNISSAGE” auksion uyi tomonidan 30-noyabrda “O‘zbekiston amaliy sanʼat ustalarining madaniy merosi” nomli auksion o'tkaziladi.

Auksionda numizmatika (Somoniy, sufiylar, Amir Temur davridagi tangalar), chinni va marmar laganlar, obdastalar va boshqa mis buyumlari, gilamlar, syuzanelar, ipak choponlar, ot poponalari namoyish etiladi. Har bir amaliy sanʼat asari “ART APPRAISAL CENTER” baholash kompaniyasi sanʼatshunos va baholovchi ekspertlari tomonidan ularning asliligi, qadimiyligi, sanʼat asariga loyiqligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilib, baholash hisobotlari tayyorlanib, “APEX” sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalangan.

Eʼtiborli tomoni shundaki, o‘tkazilayotgan auksionga dunyoga mashho‘r sanʼat asarlarini sotishga yo‘naltirilgan, 300 yillik tarixiga ega bo‘lgan, dunyodagi 2 ta eng yirik Auksion uyilaridan biri “Kristis” auksion uyi vakillari ham qatnashadi. Bu O‘zbekiston sanʼat asarlar bozorini shakllantirishda o‘zini muhim ahamiyatga ega bo‘ladigan qadam deb ko‘rish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты