Huawei 1
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad Al-Malik O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi. Bu haqda “Al-Arabiya” nashri yozgan.

Muloqot davomida kengayib borayotgan hamkorlik holati yuzasidan atroflicha fikr almashilgan. ICESCO tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli tashabbuslar, jumladan 2025 yil Samarqand shahri Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida nishonlanishi taʼkidlandi.

“Islom olami madaniy merosi: xattotlik, musiqa, sheʼriyat va hamjihatlik” mavzusidagi  anjumanda yuqori darajadagi rasmiylar, jumladan ICESCO tarkibidagi davlatlar madaniyat vazirlari, xalqaro tashkilot va muassasalar masʼullari ishtirok etishiga urg‘u berildi.

Shu munosabat bilan ICESCO Bosh direktori doktor Salim bin Muhammad Al-Malik bir yil davomida ICESCO tomonidan respublikamizning tegishli vazirlik, idoralari bilan birgalikda tashkil etiladigan boy, rang-barang dasturlar, tadbirlar tashkil etilishi, tashabbuslar ilgari surilishiga eʼtibor qaratdi. Bu saʼy-harakatlar shaharning betakror madaniy-tarixiy merosini taʼkidlash, islom olami sivilizatsiyasidagi yetakchilik rolini yana bir bor tasdiqlashdan iborat.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71116 | Инструменты