Huawei 2
O'zbekiston xalq artisti Ubaydullo Omon 72 yoshga to‘ldi

Bugun O'zbekiston xalq artisti Ubaydullo Omon 72 yoshga to‘ldi.

Aktyor va rejissyor Ubaydulla Baqoyev 1948 yil 31 oktyabr Buxoroda tug'ilgan. 1971 yil Toshkent teatr va rassomlik institutini tugatgan.

O'zbek filmlaridagi ko'plab rollari bilan tomoshabinlar ko'nglidan joy olgan aktyor «Kulba», «Faryod», «Omad», «Sotqin» kabi kartinalarda rol ijro qilgan.

Ijodkorni bugungi tavallud kuni bilan tabriklab, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr, ijodiy barkamollik tilaymiz!


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga