Madaniyat vazirligi "Lazgi" xalqaro raqs festivali respublika tanlovini e’lon qilgan edi.
Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ushbu xalqaro raqs festivali ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblari quyidagicha saralab olindi:
Yakkaxon ijrochilar yo‘nalishida:
1-o‘rin Oksana Davletova (Xorazm viloyati);
2-o‘rin Fotima Narzullayeva (Toshkent shahri);
3-o‘rin Islom Haydarov (Toshkent shahri).
Jamoaviy ijrochilar yo‘nalishida:
1-o‘rin O‘zbekiston davlat filarmoniyasi "Lazgi" ashula va raqs ansambli;
2-o‘rin O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati raqs ansambli;
3-o‘rin "Buxoro mavjlari" ansambli.
Hakamlar hay’ati qaroriga asosan, g‘olib deb topilgan ishtirokchilar, Madaniyat vazirligi tomonidan joriy yilning 25-30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida "Lazgi" xalqaro raqs festivali doirasida o‘tkaziladigan xalqaro tanlovda ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101004 | Инструменты