Buxorodagi “Tursunjon” madrasasiga konditsioner va reklama banneri o‘rnatilgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi madaniy meros obyektiga “reklama banneri va havo sovitkich o‘rnatilgani” haqidagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur vaziyat bo‘yicha Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Mutaxassislar ishtirokida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida shaharda joylashgan madaniy meros obyekti hisoblangan “Tursunjon” madrasasining tashqi devoriga havo sovitkich va reklama banneri tarixiy obyektlardan foydalanish talablariga zid ravishda o‘rnatilganligi aniqlandi. 

Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida obyektga o‘rnatilgan havo sovitkichi va reklama banneri olib tashlandi. Shuningdek, binoning hujrasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan fuqaroga nisbatan chora ko‘rildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты