Huawei 1
“Amir Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining treyleri e’lon qilindi

Samarqand Amiri, buyuk sarkarda, Registon bunyodkori “Amir Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy badiiy filmining treyleri e'lon qilindi. Film premyerasi Navro‘z bayrami arafasida bo‘lishi rejalashtirilgan.

“Amir Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining jang sahnalari “Nomad Stan‘s” xalqaro kaskadyorlar jamoasi ishtirokida suratga olindi.

“Nomad Stan‘s” jamoasi xalqaro kaskadyorlar akademiyasi mukofoti “Taurus” (kaskadyorlar Oskari) ga sazovor bo‘lgan.

Jamoa ko‘plab Gollivud filmlarida jang sahnalarini qo‘yishda ishlagan bo‘lib, ularning so‘nggisi rejissyor va prodyuser Ridli Skotning “NAPOLEON” filmi hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72720 | Инструменты