Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati (Yevropol) ma’lum qilishicha, uyushgan kiberjinoyatlar YeIda, jumladan, rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish orqali ko‘paygan. Bu xulosa tashkilotning rasmiy saytida 22-iyul, dushanba kuni chop etilgan "Internetda uyushgan jinoyatchilikni baholash 2024" (IOCTA 2024) hisobotida keltirilgan.
Hisobotda ko‘rsatilishicha, internetda eng keng tarqalgan firibgarliklar sarmoya bilan bog‘liq, shuningdek, biznes elektron pochta yozishmalari va "ishqiy firibgarliklar" bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, jinoyatchilar sun’iy intellektga asoslangan vositalardan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Yevropol tahlilchilari yaqin kelajakda ular ushbu muhitda yanada ommalashishi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
"Bozorga kirib kelayotgan kiberjinoyatchilar soni ham kirishdagi to‘siqlarni samarali kamaytiradigan yangi texnologiyalar, ham hujumning potensial imkoniyatlarini kengaytiruvchi raqamli infratuzilma murakkabligi tufayli barqaror o‘sishda davom etmoqda", dedi hisobot mualliflari.
IOCTA 2024 bolalar haqidagi onlayn materiallarga alohida e’tibor berdi. Bunday materiallar soni "doimiy ravishda o‘sib bormoqda" va "huquqni muhofaza qilish idoralari uchun tobora ortib borayotgan muammolarni keltirib chiqarmoqda", deb xabar berdi Yevropol.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12607 | Инструменты