Huawei 1
Tramp Xitoy raisini inauguratsiyasiga taklif qildi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinni 2025-yil 20-yanvarga mo‘ljallangan inauguratsiya marosimiga taklif qildi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

AQShdagi saylov natijalari 2025-yil 6-yanvarda Kongressning yangi tarkibi tomonidan rasman tasdiqlanadi. Inauguratsiya uchun mas’ul bo‘lajak prezident jamoasi Trampning qasamyod marosimiga boshqa xorijiy mehmonlarni ham taklif qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, tadbirda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban qatnashishi mumkin. 

"Inaguratsiyaga odatda elchilar va boshqa diplomatlar taklif qilinadi, ammo Davlat departamentining 1874-yilga oid yozuvlari xorijiy yetakchilar hech qachon hokimiyatni topshirish marosimida ishtirok etmaganidan dalolat beradi", deyiladi xabarda.

Viktor Orban 10-dekabr kuni Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha bo‘lajak maslahatchisi Mayk Uols hamda milliarder Ilon Mask bilan Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida uchrashgan.

Tramp o‘tgan hafta Parijdagi rekonstruksiya qilingan Notre-Dame soborining ochilish marosimiga tashrif buyurib, saylovlardagi g‘alabasidan keyin birinchi xorijiy tashrifini amalga oshirdi. Siyosatchi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni restavratsiya sur’ati va sifati uchun maqtadi, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qisqa uchrashuv o‘tkazdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12001 | Инструменты