Saudiya Arabistonida cho‘l o‘rtasida sun’iy ko‘l va tog‘-chang‘i kurorti tashkil etiladi. Ularning qurilishi allaqachon boshlangan.
500 milliard dollarlik majmua Aqaba ko‘rfazi qirg‘og‘idan 50 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, qishda harorat noldan pastga tushadi va boshqa paytlarda boshqa hududlarga nisbatan 10°C sovuqroq bo‘ladi. Suv ombori yaqinida elita uylari, mehmonxona va restoranlar quriladi, tog‘larda chang‘i yo‘laklari jihozlanadi.
Ish 2026-yilga qadar yakunlanishi va 2029-yilda qishki Osiyo o'yinlari bo'lib o'tishi va'da qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91405 | Инструменты