Ozarbayjonda maymunchechak virusini yuqtirishning birinchi holati aniqlandi. Bu haqda Ozarbayjon sog‘liqni saqlash vazirligi va Tibbiyot hududiy birliklarini boshqarish uyushmasi bayonotida aytiladi.
Shu yilning 2-yanvaridan 11-yanvariga qadar erkak xorijda sayyohlik safarida bo‘lgan. Qaytib kelgach, u Bokudagi klinikalardan biriga holsizlik, yuqori isitma, jinsiy aʼzolar hududida pufakchali toshmalar, shuningdek, kattalashgan limfa tugunlari va mushak ogʻrigʻi shikoyatlari bilan borgan.
Simptomlarning mavjudligi laboratoriya tahlillari uchun asos bo'lib xizmat qildi. PCR tahlili natijalari bemorda maymunchechak virusi mavjudligini tasdiqladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20810 | Инструменты