Parij sudi ikki fransiyalik ayolni mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijitga tuhmat tarqatgani uchun jami 13,5 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda BFMTV.
Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, ayollar Brijit go'yo erkak bo'lib tug'ilgani haqida mish-mish tarqatishgan. Endi ular prezidentning rafiqasiga ma’naviy zarar uchun 8 ming yevro va da’vogar sifatida qatnashgan uning ukasi Jan-Mishel Tronyega yana 5 ming yevro to‘lashlari kerak.
Brijit Makron erkak bo‘lib tug‘ilgani haqidagi da’volar bo‘yicha ikki ayol ustidan sud jarayoni 2024-yil iyun oyida boshlangan. 2022-yil ular Brijit erkak bo‘lib tug‘ilganini va uning haqiqiy ismi Jan-Mishel ekanini “tasdiqlovchi” videoni chiqargan. Video virusga aylanib, Fransiyaning birinchi xonimida norozilik uyg‘otgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100722 | Инструменты