Superog‘ir vazn toifasida uchta asosiy yo‘nalish chempioni Aleksandr Usik hamda sobiq chempion Tayson Fyurining revansh jangi uchun gonorarlari rasman tasdiqlandi.
Bokschilar 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladigan revansh jangi uchun rekord darajada gonorar olishadi. Jangning umumiy mukofot jamg‘armasi 190 million dollarni tashkil qiladi. Ukrainalik jahon chempioni ushbu summaning 60%, britaniyalik esa 40% miqdoriga ega chiqadi. Yaʼni, Usik 114, Fyuri esa 76 million AQSH dollarini qo‘lga kiritadi.
Bu faqat bokschilarning kafolatlangan gonorari hisoblanadi. Hali pullik translyatsiyalardan tegadigan ulush ham bor. Shu yilning may oyida o‘tkazilgan ilk jangda Aleksandr Usik ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonib, so‘nggi chorak asrda superog‘ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO, IBO va WBC kamarlarini o‘z qo‘lida birlashtirgan ilk mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120612 | Инструменты