Huawei 1
O'zbekiston yosh kurashchilari Osiyo chempionatida bitta oltin va beshta bronza medallarini qo'lga kiritdi

Ayni kunlarda Tailandning Sriracha shahrida sport kurashlari bo'yicha U-20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tyapti

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqani yunon-rum kurashi ustalari boshlab berishdi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 1 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor bo'ldilar. Jumladan, Aleksandr Nazarov 72 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifada oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Quvonchbek Yaxshiboyev (55 kg), Alisher G'aniyev (60 kg), Amirshoh Vahobov (77 kg), O'rozali Turdialiyev (82 kg), Javlonbek Tirkashevlar (97 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21919 | Инструменты