Huawei 1
Yekaterinburgda og'ir kasallikka chalingan jajji vatandoshimiz muolajani O'zbekistonda davom ettiradi

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko'magida Yekaterinburg shahrida bo'lgan O'zbekiston fuqarosi, og'ir kasallikka chalingan jajji vatandoshimiz yurtimizga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Qayd etilishicha, 2024-yil 26-aprelda tug'ilgan M.S.ga bir nechta tug'ma kasalliklar bo'yicha tashxis qo'yilgan. Shu kunga qadar u Yekaterinburgdagi perinatal markazda davolangan.

Bemorda doimiy ravishda nafas yetishmovchiligi tufayli, u kun bo'yi namlangan isitiladigan kislorodni qo'shimcha yetkazib beruvchi maxsus qurilmada saqlab kelingan.

O'tkazilgan maslahatlashuvlar natijasida va tibbiy komissiya xulosasiga ko'ra, bolani mamlakatimiz perinatal markazlariga maxsus tibbiy yordam va kislorodli apparat ko'magida olib borish zarurligi ma'lum bo'ldi.

Hamyurtimizni O'zbekistonga jo'natish uchun mamlakatimizning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi ko'magida unga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirildi. Shundan so'ng chaqaloq va uning ota-onasi Bolalar milliy tibbiyot birlashmasi pediatri Jaxongir Usmanov hamrohligida davolanishni davom ettirish uchun Toshkentga jo'natildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110605 | Инструменты