Transport vazirligi ma’lum qilishicha, 2025 yil 19 iyuldan 18 avgustga qadar Sergeli tumani Obihayot ko‘chasida issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabati bilan mazkur ko‘chada avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Mazkur davr mobaynida ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartiriladi. 184-sonli yo‘nalish harakati Sergeli Yarmarka bekatigacha qisqartiriladi.
40- va 143-sonli yo‘nalishlar harakati Yangi Sergeli yo‘li — So‘g‘diyona — Jaloyir —Obihayot (yopilmagan qismi) ko‘chalari orqali vaqtincha o‘zgartiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71923 | Инструменты