Joriy yilning 2-avgust kuni "2-avtobus saroyi" tasarrufidagi saroy raqami 608-bo'lgan avtobusning baloni shikastlangan holatda harakatlanganligi aks etgan tanqidiy post ijtimoiy tarmoqqa joylashtirildi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, shu kunning o’zida ushbu avtobus yo’nalishdan avtobus saroyiga qaytarilib, mas’ul xodimlar tomonisan avtobusning g’ildiragi(shinasi) yangilangan. Shuningdek, bugungi kunda talab darajasida texnik soz holatda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatmoqda.
Shu o’rinda avtobusni nosoz holatda yo’nalishga chiqargan 2-avtobus saroyi navbatchi mexanigi X.B.ga nisbatan intizomiy jazo chorasi sifatida oylik maoshining 20%i miqdorida jarima jazosi qo’llanildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91405 | Инструменты