Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 167 553 ta yuridik shaxs tomonidan 25,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan, 5,1 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 19,9 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 55,5 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 3,9 trln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
QQS – 1,3 trln so‘m;
foyda solig'i – 1,2 trln so‘m;
aksiz solig'i - 739,9 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 616,1 mlrd so‘m;
JShODS - 581,2 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 207,1 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 63,3 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 319,9 mlrd so‘m.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70807 | Инструменты