O'zbekiston elchisi G'ayrat Fozilov Belgiyaning Xasselt tadqiqot universiteti rektori Bernard Vanxoysden bilan uchrashuv o'tkazdi.
Unda O'zbekiston va Belgiya o'rtasida oliy ta'lim, malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yurtimizdagi ilmiy markazlari hamda mazkur universitet o'rtasida akademik aloqalarni o'rnatish istiqbollari muhokama qilindi.
Belgiya universiteti rahbariyati O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, shu jumladan talabalar, tadqiqotchilar va professor-o'qituvchilarini jalb etgan holda qo'shma almashinuv dasturlarini amalga oshirishga tayyorligini ma'lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20811 | Инструменты