Huawei 1
O‘zbekistonda noyob tibbiy operatsiya o‘tkazildi

Milliy tibbiyot markazida 53 yoshli bemorga aorta yoyi anevrizmasi qatlamlanishini endoprotezlash hamda chap uyqu arteriyasini o‘ng uyqu arteriyasiga shuntlash bo‘yicha ikki murakkab jarrohlik usuli bir vaqtning o‘zida qo‘llanildi

Ushbu noyob amaliyot davomida bemorning aorta devoridagi zaiflashgan va qatlamlangan qismi maxsus stentograft endoprotezi yordamida qayta tiklandi.

Maʼlumki, aorta yoyi anevrizmasi qatlamlanishi aortaning yorilish xavfini keltirib chiqaradigan og‘ir holatdir. Jarayon davomida kam invaziv yo‘l bilan endoprotez aorta ichiga joylashtirilib, qon oqimi tiklandi va bemorning hayoti xavfsizligi taʼminlandi.

Mazkur murakkab jarrohlik usuli arterial qon aylanishini tiklashga qaratildi. Shuntlash usuli yuqori aniqlikni talab qiladi. Amaliyot davomida qon taʼminoti muammolarini bartaraf etish maqsadida chap uyqu arteriyasi o‘ng uyqu arteriyasiga ulab berildi.

Ushbu noyob operatsiya O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib bajarilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12001 | Инструменты