“Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash to'g'risida”gi Hukumat Qarori (566-son, 12.09.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o'zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi.
Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo o'zanlari, ularning sohilbo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.
Tegishli tashkilot va hokimliklar:
Daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shag'al qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlar tog' va tog'oldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga ko'chirish choralari ko'riladi.
Ko'chirilayotgan tadbirkorlarga noruda materiallarini o'z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi “E-auksion” orqali rasmiylashtirib beriladi.
Ma'lumot uchun: Prezident Farmoniga (https://lex.uz/docs/6764439) muvofiq, yuqoridagi daryolar o'zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100722 | Инструменты