5-dekabr kuni o‘tkazilgan onlayn auksionda jami 4,1 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtoraqam.uzex.uz savdo platformasida xarid qilingan avtomobil raqamlarining umumiy soni 680tani tashkil etdi.
Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 6,1 mln so‘m bo‘lgan. Eng arzon avtomobil davlat raqami 1,9 mln so‘mga sotildi.
Shu kuni birja savdolari orqali sotilgan eng qimmat avtoraqam 474 mln so‘mni tashkil etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12000 | Инструменты