Huawei 1
6-dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Davlat rahbari barchani “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqishda faollikka chaqirdi.

Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3 dekabr kungi majlisida 2024 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritildi. Unda davlat xarajatlarini ko‘paytirish nazar tutilgan.

Auksionda “chiroyli” avtoraqam 470 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

5-dekabr kuni o‘tkazilgan onlayn auksionda jami 4,1 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi.

Jamoaviy sport turlari rivojlantiriladi

2025/2026 o'quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo'yicha, boshqa davlat oliy ta'lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo'yicha sport klublari tashkil etiladi.

Turkmaniston O‘zbekistonga tabiiy gaz eksporti hajmini oshiradi

Bunday kelishuvga ikki davlat liderlarining kecha bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida erishilgan.

Chimyonda yana bir zamonaviy dam olish maskani ochiladi

Prezident Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan yangi turizm maskanida bo‘ldi. Bu yerda zarur infratuzilma yaratilib, kapsula shaklidagi uylardan iborat zamonaviy dam olish maskani barpo etilmoqda. Shuningdek, bu yerda restoranlar, dor yo‘llari va chang‘i uchish maydonlari bo‘ladi.

2027-yil yakuniga qadar O‘zbekistonda 12 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi

2027-yil yakuniga qadar O‘zbekistonda umumiy quvvati 7 057 MVtga teng bo‘lgan 12 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Bo‘stonliqda turistlar tashrifi 12 barobar oshgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Davlat rahbari xizmat turlarini ko‘paytirib, faol turizmni rivojlantirish, bunday majmualarni boshqa tumanlarda ham loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Hududda ekologiyaga alohida e’tibor berish, yashillikni ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonda noyob tibbiy operatsiya o‘tkazildi

Milliy tibbiyot markazida 53 yoshli bemorga aorta yoyi anevrizmasi qatlamlanishini endoprotezlash hamda chap uyqu arteriyasini o‘ng uyqu arteriyasiga shuntlash bo‘yicha ikki murakkab jarrohlik usuli bir vaqtning o‘zida qo‘llanildi.

Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish tizimi yanada soddalashtiriladi

Qonunga maxsus iqtisodiy zonalarning ma'muriy kengashlarini tugatib, ularning vazifalarini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining zimmasiga yuklatishni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12001 | Инструменты