Huawei 1
2-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Jizzaxda 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida sudlanuvchi er-xotinga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

O‘zbekiston prezidenti Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Andijonda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

Hozirda Andijon viloyati MMTB tomonidan ishchi guruhi tuzilib, holat oʻrganilmoqda.

2025-yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan

Qayd qilinishicha, 2025-yilda YaIM hajmi 1629 trln so‘mga yoki dollar ekvivalentida 123 mlrd dollarga yetishi maqsad qilingan. Bu va boshqa hisob-kitoblarda AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha yillik qiymati 13250 so‘mdan kiritilgan.

Toshkent shahrida erkak yangi uyda bir necha xonadon eshigini ochishga urindi

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.

Avtotransportning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi

Qaror bilan avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha zamonaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi.

Tamaki mahsulotlarining tranzit tartibi belgilanmoqda

Bunda dastlabki maʼlumotlar faqat transport vositalarining inspeksion ko‘rik majmualari bilan jihozlangan chegara bojxona postlari orqali taqdim etiladi.

Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Hozirda barcha holatlar bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Budjet mablag‘lari hisobidan 177 mlrd so‘mlik ortiqcha va noqonuniy xarajatlar aniqlandi

Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimi tomonidan vazirliklarda avtomatik ravishda aniqlangan risklardan 395 milliard so‘mlik kamchiliklar bartaraf etildi.

Oliy Majlis Senati aʼzolari saylovini o‘tkazish belgilandi

Markaziy saylov komissiyasining tegishli qaroriga binoan Oliy Majlis Senati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining qo‘shma majlislari 2024-yilning 7-12-noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

DXSH loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

Hujjatda byudjet tizimi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni taʼminlash tartibi ham belgilangan.

Andijonda 4 kishi is gazidan vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты