Huawei 1
1-oktyabrdan yo‘l harakati qoidasini buzganlik uchun jarima oshadi — ro‘yxat

1-oktyabrdan boshlab davlat xizmatlari uchun soliqlar, yig‘imlar, bojlar, jarimalar va to‘lovlar miqdorini aniqlashda ishlatiladigan BHM 340 ming so‘mdan 375 ming so‘mga oshadi.

Unga ko‘ra, 1-oktyabrdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar quyidagicha belgilanadi:

• Texnik ko‘rik, “aptechka” — 187,5 ming so‘m (ayni vaqtda 170 ming so‘m);

• Xavfsizlik kamarini taqmaslik — 187,5 ming so‘m (ayni vaqtda 170 ming so‘m);

• Hujjatsiz yurish — 375 ming so‘m (ayni vaqtda 340 ming so‘m);

• Sug‘urtasiz haydash — 750 ming so‘m (ayni vaqtda 680 ming so‘m);

• “Qizil” dan o‘tish — 750 ming so‘m (ayni vaqtda 680 ming so‘m);

• Noto‘g‘ri “parkovka” — 750 ming so‘m (ayni vaqtda 680 ming so‘m);

• Telefonda gaplashish — 1 mln 225 ming so‘m (ayni vaqtda 1,2 mln so‘m);

• Raqamsiz haydash — 1 mln 875 ming so‘m (ayni vaqtda 1 mln 700 ming so‘m);

• Tezlikni oshirish (20 km/s) — 375 ming so‘m (ayni vaqtda 340 ming so‘m);

• Tezlikni oshirish (20-40 km/s) — 1 mln 875 ming so‘m (ayni vaqtda 1 mln 700 ming so‘m);

• Tezlikni oshirish (+40 km/s) — 3 mln 375 ming so‘m (ayni vaqtda 3 mln 60 ming so‘m);

• Qarama-qarshi harakatlanish — 3 mln 750 ming so‘m (ayni vaqtda 3 mln 400 so‘m);

• Mast holda haydash — 9 mln 375 ming so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 8 mln 500 ming so‘m);

• Mastlik tekshiruvidan bosh tortish — 5 mln 625 ming so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 5 mln 100 ming so‘m);

• Ruxsatsiz “tonirovka” — 9 mln 375 ming so‘m (ayni vaqtda 8 mln 500 ming so‘m);

• “Tonirovka”dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish — 15 mln so‘m (ayni vaqtda 13 mln 600 ming so‘m).

Eslatib o‘tamiz, BHM miqdori oxirgi marta 2023 yil 1 dekabrda 330 ming so‘mdan 340 ming so‘mga oshirilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91405 | Инструменты