O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.
Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 6 iyul kuni Prezidentimiz Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты