MDHning Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tdi.
MDH davlatlari delegatsiyalari monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilishining oldini olish bo‘yicha hisobotni tasdiqladilar, “yumshoq huquq” vositalarini qo‘llash masalalarini muhokama qilib, raqamli bozorlarni tartibga solishning yangi yo‘nalishlarini belgiladilar.
Yig‘ilish yakunida MDH davlatlari delegatsiyalari tomonidan Kengashning yangi raisi saylandi. Bu lavozimga Belarus Respublikasi Monopoliyaga qarshi tartibga solish va savdo vaziri Aleksey Bogdanov tasdiqlandi.
Shuningdek, navbatdagi, 58-yig‘ilishni Rossiya Federatsiyasida o‘tkazish taklifi bildirildi.
Qabul qilingan qarorlar mintaqada raqobatbardosh muhitni mustahkamlash va iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120613 | Инструменты