Mirali Hamroyev o‘z arizasiga ko‘ra Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Baxtiyor Adilov Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Baxtiyor Adilov 1986 yil 22 iyunda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.
Ayni paytga qadar u Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120612 | Инструменты