“An-Nasr” futbolchisi 16-sentabr kuni “Al-SHorta”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubida to‘p surayotgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bo‘lajak Osiyo chempionlar ligasining ochilish o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
16-sentyabr kuni “An-Nasr” safarda Iroqning “Al-SHorta” klubiga qarshi bahs olib boradi.
"Ronalduda virusli infeksiya aniqlandi, u shifokor tavsiyasiga ko'ra jamoa bilan birga Iroqqa bormaydi", - deyiladi xabarda.
Turnirning amaldagi g‘olibi so‘nggi turning chorak finalida “Al Nasr”ni nokautga uchratgan BAAning “Al Ayn” jamoasi hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100723 | Инструменты