Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida mikroqarzlar va mikrokreditlar berish hajmi yarim barobarga oshdi.
Yanvar-iyun oylarida fuqarolarga 18,81 trln so‘mlik mikroqarzlar ajratildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44,74%ga ko‘pdir.
Eng yuqori oylik ko‘rsatkichlar aprel-may oylariga to‘g‘ri keldi, mazkur davrda 3,5 trln so‘m taqdim qilingan.
Mikrokreditlar hajmi 58,42%ga — 5,03 trln so‘mdan 7,98 trln so‘mga o‘sdi. Aholiga eng ko‘p mikrokreditlar iyun oyida (1,85 trln so‘m) berildi.
Mikrokreditlar hajmining eng sezilarli o‘sishi yanvar oyida kuzatildi, bu vaqtda emissiya hajmi qariyb 13 baravar — 549,5 mlrd so‘mgacha oshgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91404 | Инструменты