Huawei 1
Bankomatlar orqali 90 trln so‘m miqdoridagi mablag‘lar naqdlashtirilgan

Markaziy bank taqdim etgan sharhda ko‘ra, 2024-yilning birinchi yarim yilligida bank kartalariga 468 trln co‘m mablag‘lar kirim qilingan bo‘lib, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshgan.

Shuningdek, ushbu davrda bank kartalaridagi 107 trln so‘m pul mablag‘lari naqdlashtirib olingan. Naqdlashtirilgan mablag‘larning 90 trln so‘mi bankomatlar orqali yechib olingan.  

Bank kartalarga kelib tushgan mablag‘larning yilning birinchi choragida naqdlashtirib olinishi ulushi yildan yilga kamayib bormoqda. Xususan, joriy yilda bank kartalaridagi 23 foiz mablag‘lar yechib olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2023-yilda 24 foizni va 2022-yilda 28 foizni tashkil qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120612 | Инструменты