Joriy yanvar-oktyabr oylarida aholi tomonidan O‘zbekiston banklariga 13,2 milliard dollar miqdorida chet el valyutasi sotildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 10 oy ichida banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi xorijiy valyuta oldi-sotdisi hajmi 20,9 milliard dollar bo‘lgan. Mazkur ko‘rsatkich 2023-yil mos davridagidan 3,3 milliard dollarga (19 foizga) ko‘p.
Hisobot davrida jismoniy shaxslar banklarga jami 13,2 milliard dollar qiymatidagi (yillik o‘sish 32 foiz) chet el valyutasini sotgan. O‘z navbatida aholi tomonidan xarid qilingan chet el valyutasi hajmi 7,7 milliard dollarga yetgan (yillik o‘sish 2 foiz).
Natijada jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan taklif hajmi talab hajmidan 5,5 milliard dollarga ko‘p bo‘ldi. Tahlilga ko‘ra, mazkur miqdor ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.Alpha version: 0.9.1.19 build 120613 | Инструменты