Huawei 1
Birjada 3 194,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, polietilen, texnik chigit va ammofos narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 14-20-oktabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 194,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,8% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 80,1% birja savdolariga, qolgan 19,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 862,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 92,8 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 306 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 18,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 559,8 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Polietilen

O‘tgan haftada birja savdolariga 2 633,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 527,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 268,5 ming so‘mdan 15 658,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 65 ta xaridor ishtirok etdi.

Texnik chigit

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 46 442,0 tonna texnik chigit qo‘yildi va undan 26 771,0 tonnasi, yaʼni 57,6% qismi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigit bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 298,3 ming so‘mdan 4 141,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 19 ta xaridor ishtirok etdi.

Ammofos

Birja savdolari orqali 8 066,0 tonna ammofos sotildi. Ammofosning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 613,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 485 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammofos bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 901,4 ming so‘mdan 6 898,8 ming so‘mgacha pasaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110605 | Инструменты