O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoy iqtisodiy va tijorat maslahatchilari alyansi (YECCAC) bosh kotibi Sun Li Li bilan muzokara o'tkazdilar.
Xitoyning iqtisodiy va tijorat maslahatchilari alyansi (YECCAC)ning asosiy maqsadi mamlakatning iqtisodiyot, madaniyat va ta'lim sohalaridagi milliy g'oyalarini amalga oshirish va ularni dunyoning boshqa mamlakatlariga targ'ib qilishdan iborat. Tashkilot 2016-yilda "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi doirasida tashkil etilgan. U Xitoyning har bir provinsiyasidagi ma'muriy organlar, mavjud uyushmalar va ishlab chiqarish klasterlari bilan hamkorlik qiladi.
Tomonlar so'nggi yillarda O'zbekiston va Xitoy o'rtasida barcha sohalarda keng qamrovli hamkorlik rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
"YECCAC" bosh kotibi tashkilot O'zbekistonning Pekindagi elchixonasi va Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi bilan birgalikda iqtisodiyot va investitsiya yo'nalishlarida qator tadbirlarni muvaffaqiyatli tashkil etganini bildirish barobarida, galdagi vazifa alyansga a'zo kompaniyalar rahbarlarining O'zbekistonga safarini uyushtirish ekanini ta'kidladi.
Xitoy tomoni e'tiboriga mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, amalga oshirilayotgan islohotlar, taklif etilayotgan investitsiyaviy loyihalar to'g'risidagi taqdimot taqdim etildi.
Uchrashuv so'ngida Xitoy kompaniyalari delegatsiyasi tarkibini shakllantirish va O'zbekiston hududlariga biznes-missiyani tashkil etish bo'yicha kelishib oldilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110607 | Инструменты