Statistika agentligi maʼlumotlariga asosan, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 48,6 ming tonna baliq ovlangan.
Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,6 % ga o‘sgan.
Baliq ovlash umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xorazm viloyati (17,4 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, Toshkent (10,3 %), Jizzax (9,9 %) va Andijon (9,4 %) viloyatlarida ham baliq ovlashning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100722 | Инструменты