O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyi yakuniga ko'ra tovarlar eksportining asosiy qismini qimmatbaho metallar va toshlar ($5,9 mlrd) hamda tekstil mahsulotlari ($1,5 mlrd) tashkil qildi
Markaziy bank tomonidan 2020 yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha "O'zbekiston Respublikasi to'lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi" nashri taqdim etildi.
Ushbu nashr O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Valyutani tartibga solish va to'lov balansi departamenti tomonidan tayyorlangan. Nashrda 2020 yilning 9 oyi uchun to'lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, shuningdek, tashqi qarzi bo'yicha ma'lumotlar bayon etilgan bo'lib, To'lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi bo'yicha qo'llanmaning oltinchi nashriga muvofiq tayyorlangan.
Ung ko‘ra, 2020 yilning 9 oyi yakuniga ko'ra, tovarlar eksportining asosiy qismi “qimmatbaho metallar va toshlar” – 5,9 mlrd. dollar va “tekstil va tekstil mahsulotlari” – 1,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo'lsa, tovarlar importida – “mashinalar, uskunalar, mexanizmlar” – 4,5 mlrd. dollar hamda “qimmatbaho bo'lmagan metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar” – 1,8 mlrd. dollarga teng bo'ldi.

Alpha version: 0.9.1.19 build 81116 | Инструменты