Joriy yilning 19-20-sentabr kunlari Toshkent shahrida va Xorazm viloyatida O'zbekiston-Eron qo'shma biznes-forumlari o'tkaziladi.
Mazkur tadbirlar O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahri hokimligi hamda Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo'jaligi palatasi va Eron elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda
Biznes-forumlarda ishtirok etish maqsadida Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo'jaligi palatasi prezidenti Samad Hasanzadeh boshchiligidagi 60 dan ziyod yirik va yetakchi kompaniyalar rahbarlari O'zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Eron delegatsiyasi biznes-forumda ishtirok etish bilan bir qatorda mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralarida uchrashuvlar o'tkazishni hamda erkin iqtisodiy sanoat zonalariga tashrif buyurishni rejalashtirgan.
Tadbir doirasida sanoat, innovatsiya, qishloq va suv xo'jaligi, oziq-ovqat, baliqchilik, qurilish materiallari, dori-darmon va farmatsevtika, to'qimachilik, logistika va muhandislik sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, forum davomida Eron biznes doiralari vakillari va Xorazm viloyati hamda Toshkent shahri ishbilarmonlari o'rtasida B2B formatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100721 | Инструменты